TANGIMUSH

TANGIMUSH — Surxondaryo viloyatidagi dara. Shimoli Sharqda Takasakragan va Janubi g’arbda Sherobod tizmalarini kesib o’tgan. Boysun soyligini Surxondaryo vodiysi bilan tutashtiradi. Uzunligi 2 kilometrga yaqin. Juda tor, yurish qiyin. Ko’p joyda, ayniqsa, g’arbiy qismida, tosh uyumlari uchraydi. Uzunquduq (Surxondaryo vodiysida) va Dashtig’oz (Boysun soyligida) qishloqlarini bog’laydigan so’qmoq yo’l o’tgan.