TANGLA

TANGLA — Xitoydagi tog’ tizmasi. Tibet tog’ligining Markaziy qismida. Uzunligi 700 kilometr, eng baland joyi 6096 metr (Basudano’la tog’i). Tizmaning atrofdagi tekisliklardan nisbiy balandligi 1000 metr chamasida. Asosan, ohaktosh va gilli slaneslardan tuzilgan. Cho’qqilari gumbazsimon, yon bag’irlari yotiq. Baland tog’ dashti va Toshloq cho’l landshafti xos. Tog’ tepalarida muzliklar bor.