TARAN

TARAN — gidravlik zarba ta’sirida bosim bo’lishi hisobiga suv chiqaradigan qurilma.

TARAN, (harbiy ishda) — 1) qamal quroli (uchiga temir paykon o’rnatilgan to’sin); qadimda, o’rta asrlarda qal’a devorlarini buzish maqsadida qo’llanilgan; 2) eshkakli yoki zirxli (bronenoses) flotlarda dushman kemasiga zarba berish uchun mo’ljallangan kema uchining suv osti qismidagi turtib chiqqan qismi; 3) havo, dengiz va tank jangida qo’llaniladigan usul: samolyot fyuzelaji (vinti yoki qanoti), kema, tank korpusi bilan dushman samolyoti, kemasi, tankiga zarba berish.