TEKTONIK QOPLAM

TEKTONIK QOPLAM (sharyaj) qalinligi 100 metrdan bir necha kilometrgacha bo’lgan tog’ jinslarining qiya egri-bugri uzilma yuzasi bo’ylab bir necha o’n kilometrgacha (ba’zan yuzlab kilometrdan ko’p) masofaga siljigan qatlami. Tektonik qoplam hosil bo’lishining sabablaridan biri geosinklinal sistemalarda ko’ndalang gorizontal siqilish natijasidir.