TETRIL

TETRIL, 2, 4, 6trinitrofenilmetilnitramin C7H5N5Og — oq kristall modda; yorug’da sarg’ayadi. Molekulyar modda 287,15. Suyuqlanish temperaturasi 129,45° (parchalanish bilan), qotish temperaturasi 128,5°; zichligi 1730 kg/m3, suvda erimaydi. Atseton, benzol, dixloretan nitrat kislotada yaxshi, spirt va efirda qiyin eriydi, ikkilamchi portlovchi modda. T. oltingugurtli eritmalarni nitrolab olinadi. Detonatorlar — kapsulalar va portlatgichlarda ishlatiladi.