ERESUNN

ERESUNN, Zund — Skandinaviya yarim oroli bilan Zelandiya oroli oralig’idagi bo’g’oz, Boltiq dengizini Kattegat bo’g’ozi bilan birlashtirib turadi. Uzunligi 102 kilometr, eni 3,4—49 kilometr, farvaterida chuqurligi 8 metr. G’arbiy sohilida Kopengagen shahri (Daniya) va Sharqiy sohilida Malmyo porti (Shvesiya) joylashgan bo’lib, ular temir yo’l paromi orqali bog’langan.