ELEKTRON HISOBLASH MASHINASI
ELEKTRON HISOBLASH MASHINASI (EHM) — asosiy funktsional elementlari (mantiq, xotira va boshqalar) elektron lampalar yoki yarimo’tkazgichli asboblar, integral mikrosxemalardan tuzilgan hisoblash mashinasi. Birinchi EHM — analograqamli hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi 20-asr 40-yillarida paydo bo’lgan. 70-yillardan boshlab kompyuter keng rasm bo’la boshladi. EHM ning boshqa tipdagi hisoblash mashinalariga nisbatan afzalligi (tez ishlashi, ixchamligi, puxtaligi, jarayonlarning avtomatlashtirilishni va boshqalar) tufayli ilmiy-texnika hisoblarida, axborotlarni ishlashda, avtomatik boshqarishlarda keng qo’llanilmoqda.