EPIGENETIK KONLAR
EPIGENETIK KONLAR — foydali qazilma yotqiziqtari bo’lib, ular o’zini qamrab olgan yotqiziqlardan so’ng hosil bo’ladi. Kimyoviy va mineral tarkibi bu jinslarnikidan keskin farq qiladi. Epigenetik konlarga titanmagnetit, xromit, platina, olmos, apatitlarning magmatik konlari hamda slyuda, sopol xom ashyosi, qimmatbaho toshlar, litiy va berilliyning pegmatit konlari; temir, mis, qo’rg’oshin, rux va boshqalar metallarning skarn konlari taalluqlidir. Epigenetik konlarning eng katta guruhini rangli, kamyob, asl va radioaktiv metallar rudalari hamda kvars, barit, flyuorit, asbestning gidrotermal tomirli va metasomatik konlari tashkil qiladi. Epigenetik konlar o’zini qamrab olgan jinslar bilan bir vaqtda hosil bo’lgan singenetik konlarning aksi hisoblanadi.