ESKISHEHIR
ESKISHEHIR — Turkiyaning g’arbiy qismidagi shahar. Eskishehir elining ma’muriy markazi. Aholisi 482,8 ming kishi (2000). Transport yo’llari chorrahasi va muhim savdosanoat markazi. Harbiy, oziq-ovqat, to’qimachilik, tsement va yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Transport mashinasozligi rivojlangan. Shahar yaqinidan xrom rudasi qazib olinadi.