ESTUARIY
ESTUARIY (lotincha — daryoning dengiz suviga tutashgan quyilish qismi) — daryoning dengizga quyiladigan joyidagi voronkasimon va dengiz tomon kengayib boradigan qismi, qo’ltiqcha. Estuariyning hosil bo’lishi dengiz sathi ko’tarilishi natijasida Daryo quyilish qismi vodiysini suv bosishi bilan bog’liq. Suv qaytgan paytda Daryo oqizib keltirgan jinslar dengizga tushib ketadi. Enisey, Temza, Amur, Elba, Sena daryolari Estuariy hosil qilib quyiladi.