ELEKTROTEXNIKA
ELEKTROTEXNIKA (elektro… va texnika) — fan va texnikaning energiyani o’zgartirish, materiallar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqalar masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish bilan shug’ullanuvchi sohasi. Elektr va magnetizm haqidagi bilimlarning rivojlanishi Elektrotexnikaning yaratilishiga olib keldi. 17-18-asrlarda Chex fizigi P. Divish, rus fizigi G.V. Rixman, M.V. Lomonosov, Sh.O. Kulon va boshqalarning ishlari elektr hodisalarini tadqiq qilishga bag’ishlandi. Birinchi uzluksiz tok manbai — vol’t ustuni, keyinchalik ancha mukammal galvanik elementlarning paydo bo’lishi Elektrotexnikaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 19-asrning birinchi yarmida elektr tokiga bog’liq bo’lgan kimyoviy, issiqlik, yorug’lik va magnit hodisalariga doir ko’pgina tadqiqot ishlari o’tkazildi. Shu davrda elektrodinamikaga asos solindi, elektr zanjirining muhim qonuni — Om qonuni kashf qilindi. Telegrafiya, harbiy ish, elektr o’lchash ishlarida bu sohadagi yutuqlardan ayniqsa keng foydalanildi. Elektromagnit induktsiyaning kashf etilishi elektr mashinalari — dvigatel va generator yaratilishiga sabab bo’ldi. 19-asrning 70-yillari oxirida J.K. Maksvellnkng ishlari elektromagnit maydon ta’limotiga asos soldi. 80-yillarda o’zgarmas tok asosida ishlaydigan elektr mashinalari hozirgi zamon mashinalari shaklini oldi. Elektr mashina generatorlari bilan bir vaqtda kimyoviy tok manbalari ham rivojlantirila bordi. Bu sohada qo’rg’oshin akqumulyatori yaratildi (frantsuz fizigi G. Plante, 1859) va rivojlantirildi. Elektrotexnikaning keyingi taraqqiyoti Elektrotexnika sanoatining paydo bo’lishi va elektr yorug’ligidan keng foydalanish bilan bog’liq bo’ldi. Elektr yoritish manbalarining yaratilishi va ishlatilishida qo’lga kiritilgan yutuklar yorug’lik texnikasining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Elektr yorug’liganing keng joriy qilinishi elektr energiyasi sistemasining yaratilishiga olib keldi. Elektr toki metall nusxalar ko’chirish va metall qoplash sohasida ham qo’llanila boshladi. 19-asrning 70-80-yillarida elektr energiyaning masofalarga uzatilishi masalasi hal qilinganidan keyingina elektr energiyasidan amalda keng foydalanishga imkon tug’ildi. Elektrotexnikaning hozirgi taraqqiyoti bosqichiga asos solgan ixtirolar qatoriga M.O. Dolivo-Dobrovolskiy yaratgan uch fazali tok transformatori, uch fazali generator va dvigatel hamda uch fazali tok sistemalarini kiritish mumkin. Elektr energiyasiga bo’lgan talabning quchayishi kuchli elektr st-yalari va elektr tarmoqlari qurilishiga, yangi elektr energetika sistemalarini yaratish va eskilarni qayta tiklashga sabab bo’ldi. Elektrotexnika qurilmalarining takomillashishi yuqori quchlanish elektr zanjirlari texnikasi va nazariyasining, elektr mashinalari, elektr yuritmalari nazariyasi kabi ilmiy sohalarning shakllanishiga yordam berdi. Elektrotexnika yutuqlari radiotexnika, elektronika, telemexanika, avtomatika, hisoblash texnikasi va kibernetikaning rivojlanishiga olib keldi. Elektrotexnikaning muhim bo’limlaridan biri — elektromexanika energiyaning o’zgarishi bilan bog’liq masalalarni o’z ichiga oladi. Murakkab elektr energetika sistemalarini optimal boshqarish va ularning chvdamliligini oshirish usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bu masalalarning hal qilinishi modellash va ehtimollar nazariyasidan foydalanishga asoslangan. Elektrotexnikaning yana bir muhim yo’nalishlaridan biri — xossalari oldindan belgilanadigan murakkab elektromagnit maydonlarini yaratishdan iborat. Intensivligi yuqori bo’lgan impuls maydonlarini o’rganish katta amaliy ahamiyatga ega. Bu sohadagi ishlar natijasidan o’ta kuchli elektr transformatorlari va elektr reaktorlari yaratishda foydalaniladi. Elektrotexnika nazariy usullari moddalar xossasini tekshirish, yadro va lazer texnikasi vositalarini ishlab chiqish, tirik organizmlarning mikrodunyosi va hayot faoliyatini o’rganish, kosmik fazoni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan qator sohalarida rivojlanmoqda. Elektrotexnika yutuqlari inson amaliy faoliyatining barcha sohalarida — sanoat, qishloq xo’jalik, tibbiyot va turmushda qo’llanilmoqda. O’zbekistonda Elektrotexnikaning rivojlanishi G’. R. Rahimov, M.E. Homidxonov, H.F. Fozilov va boshqalar olimlarning nomi bilan bog’liq.