TUB KONLAR

TUB KONLAR — yer yuzasiga yaqinroq joylashgan va o’zgarishga uchramagan foydali qazilma konlari. Ular sochma konlarnit aksi bo’lib, mineral xom ashyoning qatlamli, tomirli jismlarini hosil qiladi hamda tub jinslar orasida joylashgan bo’ladi. Tub konlar asli sochma konlarning manbai, ular bilan yonma-yon joylashgan bo’ladi. Bunday holat, ayniqsa, oltin, platina, olmos, volfram va qalay konlari uchun xos.