ENGEL QONUNI

ENGEL QONUNI — bir mamlakat miqyosida daromad bilan iste’mol o’rtasidagi aloqadorlikni tavsiflaydigan qonun. Nemis iqtisodchisi va stastistigi Ernst Engel (1821 — 1896) tomonidan ifodalab berilgan. Qonunning asosiy g’oyasi milliy daromadning oziqovqat mahsulotlari uchun sarflangan hissasi farvonlikning bevosita indikatori ekanligini ko’rsatishdan iborat. Bu hissaning past bo’lishi farovonlikning yuqori ekanligini ko’rsatadi. Oilaning daromadi o’sishi bilan oziq-ovqatga qilinadigan xarajatlar salmog’i pasayadi, kiyim-kechak, uyjoy, kommunal xizmatlar xarajatlari nisbatan kam o’zgaradi, madaniy extiyojlarni qondirish xarajatlari hissasi esa ortadi. Daromad bilan iste’mol o’rtasidagi teskari proportsionallikni ifodalashda Engel egri chizig’i qo’llaniladi.