ETIL SPIRTI

ETIL SPIRTI (vino spirti, etanol), S2N5ON — bir atomli alifatik spirtlarning muhim vakili. Molekulyar modda 46,069. Rangsiz, o’tkir ta’mli, spirtlarga xos hidli suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 114,5°, qaynash temperaturasi 78,39°, zichligi 789,27° kg/m3 (20°da). Suv bilan cheksiz aralashadi va tarkibida 95,57% spirt, 4,43% suv bo’lgan azeotrop aralashma hosil qiladi. Absolyut sof spirt olishda 2 usuldan foydalaniladi. 1-usulda suvli spirtga ozroq benzol qo’shiladi va hosil bo’lgan aralashma fraktsiyalab haydaladi. Bunda avval suv, spirt va benzol aralashmasi, keyin spirtning benzol bilan aralashmasi va nihoyat, oxirida sof spirt haydaladi. 2usulda 96% li spirtni kaltsiy (P)oksid yoki qizdirilgan mis (P)sulfat bilan isitiladi. Bunda suvning asosiy massasi chiqib ketadi, spirt tarkibida ushlanib qolgan 0,2— 0,3% suvni spirtga metall holdagi kaltsiy yoki magniy qo’shib haydash yo’li bilan ajratiladi. Etil spirti sanoatda tarkibida qand (shakar) bo’lgan moddalardan enzimlar va achitqilar ta’sirida quyidagi reaktsiya orqali olinadi: S 6N1206>2S2N5ON+2S02 Xom ashyo sifatida glyukoza yoki uzum sharbatidan foydalanilganda tarkibida 8 dan 16% gacha Etil spirti bo’lgan uzum vinosi hosil bo’ladi. Ko’pincha polisaxaridlar (kraxmal yoki tsellyuloza) xom ashyo sifatida qo’llanadi. Etil spirtini umumiy formulasi (S6N10O5)p bo’lgan polisaxaridlardan ham olish mumkin. Bunda ular to’la gidrolizga uchratilib glyukozaga, so’ngra spirtga aylantiriladi. Kraxmalli xom ashyolar sifatida boshokli o’simliklar — bug’doy, arpa, sholi, jo’xoridan, shuningdek, kartoshkadan foydalaniladi. Etil spirti sanoatda bir necha yo’llar bilan sintez qilinadi. Yog’och gidrolizatini achitish yo’li bilan gidroliz spirt i olinadi. Uning tarkibida 2% gacha zaharli modda — metil spirti (metanol) bo’ladi. Sulfat kislota ishtirokida etilenni gidratatsiya qilish reaktsiyasidan ham Etil spirti olishda keng foydalaniladi. Ba’zi mamlakatlarda Etil spirti atsetilendan olinadi. Bu usulda Kucherov reaktsiyasi asosida atsetilen avval sirka aldegidga o’tkaziladi, keyin uni gidrogenlab Etil spirtiga aylantiriladi. Mazkur reaktsiya mis yoki palladiy katalizatori ishtirokida yuqori trada olib boriladi: NS=NS+n 2O > sn3sno > sn3sn2on Etil spirti dunyoda eng ko’p sintez qilinadigan va qo’llanadigan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan Etil spirtining asosiy qismi divinil olishda, etil efir, xloroform, xloral, o’ta sof etilen, etilasetat, murakkab efirlar va erituvchilar ishlab chiqarishda qo’llanadi. Etil spirti tibbiyotda, farmasevtikada, atirupa sanoatida, bo’yoqchiliqda, antiseptik vositalar tayyorlashda ishlatiladi. Etil spirti — muhim antifrizlardan biri. Undan oziq-ovqat sanoatida, turli spirtli ichimliklar va dorivor damlamalar tayyorlashda ham foydalaniladi. Etil spirti narkotik modda. Uzoq vaqt iste’mol qilinsa, nerv, me’daichak, yuraktomir sistemalari, jigar qattiq zararlanadi.