ETANOLAMIN FOSFAT

ETANOLAMIN FOSFAT, 2>Sh 2S2N4ONN3R04 oq rangli kristall modda. Molekulyar modda 220. Suyuqlanish temperaturasi 119°, zichligi 1505 kg/m3. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institute olimlari tomonidan monoetanolamin bilan ortofosfat kislotani o’zaro ta’sir ettirib olingan yangi modda. Etanolamin fosfat 8 qirrali prizma shaklidagi monokristallardan iborat bo’lib, tarkibida 12,72% azot, 32,31% fosfor (V)oksid bor. Suvda 56,5% (25°da) eriydi. Kuchli o’stiruvchi modda — stimulyator. Etanolamin fosfatning suvdagi eritmasi o’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tezlashtiradi. Etanolamin fosfat asosida olingan «hosil» seriyasidagi preparatlar qo’llanganda g’o’za chigitining unib chiqish quvvati 5-6%, g’o’za ildizi massasi 20-30%, bo’yi 40-45%, barg yozish maydoni 70— 80%ga, bug’doy hosili esa gektariga 4— 5 tsentnerga oshadi. Urug’ bexato unib chiqadi, chigit moyi ko’payadi, paxta tolasining sifati yaxshilanadi. Etanolamin fosfatning 0,005%li eritmasi yumshatuvchi ta’sirga ega bo’lib, magniy xlorat, natriy xlorat kabi defoliantlarta bu eritma bilan ishlov berilsa, defolyasiyadan so’ng g’o’za barglari 85-87% gacha nam holda to’kiladi, yosh ko’saklar saqlanib qoladi, paxta hosildorligi gektariga 2-3 tsentnerga oshadi.