ETERIFIKATSIYA

ETERIFIKATSIYA (Yunoncha shgpeg efir va lotincha G’asyu — qilaman) — karbon kislotalarning mineral kislotalar ishtirokida spirtlar bilan birikib murakkab efirlar hosil qilish reaktsiyasi. Mazkur reaktsiyaning kimyoviy muvozanatini o’ngga surish maqsadida reaktsiya mahsulotlarining biri ortiqcha miqdorda olinadi. Masalan, karbon kislota ko’proq olinganda spirtning hammasi reaktsiyaga kirishib ketadi. Eterifikatsiyada vodorod ionlari (N+) katalizator rolini o’ynaydi. Bunda karbkation hosil bo’lib, u spirt molekulasini biriktirgan holda oraliq kompleks hosil qilishi mumkin. Keyin so’nggi karbkation dissosiasiyalanib, murakkab efirni ajratadi. Katalizator (vodorod ioni — proton) erkin holda ajraladi. Nishonlangan atomlar yordamida Eterifikatsiyada hosil bo’ladigan suvning gidroksil guruhini kislota, vodorodni esa spirt ajratadi. Eterifikatsiyadan sanoatda keng foydalaniladi. Murakkab efirlar, shuningdek, poliefir tolalar (lavsan va boshqalar) ham Eterifikatsiya usuli bilan olinadi.