TO’G’RI TO’RTBURCHAK
TO’G’RI TO’RTBURCHAK – hamma burchaklari to’g’ri (ya’ni 90°ga teng) bo’lgan yassi to’rtburchak. To’g’ri to’rtburchakning xossalari: 1) qarama-qarshi tomonlari teng va parallel; 2) diagonallari teng va kesishish nuqtasi teng ikkiga bo’linadi; 3) ikkita simmetriya o’qiga ega; 4) tashki aylana chizish mumkin; 5) yuzi eni bn bo’yining ko’paytmasiga teng: Sqab. To’g’ri to’rtburchakning eni va bo’yi teng bo’lsa, kvadrat hosil bo’ladi.