KAMERA

KAMERA (eski lotincha camera — xona, palata) — 1) ko’ndalang kesimi kattaroq va uncha uzun bo’lmagan yer osti koni; unga shaxta uskunalari joylashtirilib, tozalash ishlari olib boriladi; 2) ba’zi mashinalar, qurilmalar va pechlarning ichki qismi (masalan, yonish Kamerasi televizion Kamera, Kamerali pech); 3) ba’zi apparat va asboblar nomi (fotokamera, kinokamera va boshqalar); 4) maxsus maqsadda foydalaniladigan alohida xona (masalan, bagaj Kamerasi tovush Kamerasi); 5) shina, to’p va boshqalar ichiga joylashtiriladigan puflama rezina qobiq; 6) kosmik nurlar va elementar zarralar tekshiriladigan hamda kuzatiladigan qurilma (Vilson kamerasi, diffusion kamera).