KAMALAK

KAMALAK — 1) osmon gumbazida rango-rang bo’lib ko’rinadigan yoy; yorug’likning atmosferadagi yomg’ir tomchilarida sinishi, qaytishi va difraktsiyasi natijasida yuz beradi. Yomg’ir yog’ib o’tgach, Quyoshga qarama-qarshi tomonda hosil bo’ladi. Quyosh ufqqa qancha yaqin bo’lsa, Kamalak shuncha katta ko’rinadi. Kamalakning burchak radiusi 42° ga teng, tashqi qismi qizil, ichki qismi binafsha rangda ko’zga tashlanadi; unda boshqa ranglar to’lqin uzunligiga qarab joylashadi. Ayrim vaqtlarda atmosferada qo’shaloq Kamalak ham kuzatiladi. Qo’shimcha Kamalak ichki qizil qismining burchak radiusi 50° ga teng. Ba’zan, atmosferada ayni bir vaqtda 3 tadan 6 tagacha Kamalak hosil bo’lishi mumkin; 2) ov va jang quroli.