FIJI TILI
FIJI TILI — Okeaniya tillarining Sharqiy tarmog’iga mansub, Polineziya timarita eng yaqin til. Fiji orollarida tub axrlining tili sifatida tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 350 ming kishidan ortiqroq. Fiji tilining 2 guruh lahjasi (g’arbiy va Sharqiy) mavjud, lekin ular laxjadan ko’ra ko’proq mustaqil tillarga o’xshaydi. Fonetik tizimida 5 unli va 15 undosh tovush bo’lib, unlilari kiskalik va cho’ziqlik bo’yicha farqlanadi, undoshlarda esa jarangsizlar bilan jaranglilar qarama-qarshiligi kuzatiladi. Bo’g’in har qachon unli bilan tugaydi. Grammatikasi asosan analitik xususiyatga ega. Kishilik olmoshlari birlik, ikkilik, uchlik va ko’plik shakllariga ega. Gap qurilishida aniqlanmish aniklovchidan, kesim ega va to’ldiruvchidan oldin keladi. Yozuvi 1835 yildan lotin grafikasi asosida.