FLYUVIOGLYATSIAL YOTQIZIQLAR
FLYUVIOGLYATSIAL YOTQIZIQLAR (lotincha fluvius — daryo, oqim va glacies — muz) — erigan muzlik suvlar oqimi yotqiziklari. Flyuvioglyatsial yotqiziqlar 2 tipga: muz oldi va muz ichidagilarga bo’linadi. Muz oldi Flyuvioglyatsial yotqiziqlar muzlikning eng chekkasida erigan suvlarda hosil bo’ladi. Ular uchun muzlikning chekkasidan uzoklashgan sari yirik shag’allar va valun kumlarining mayda donali qiya qatlamli qumlar bilan almashinuvi xosdir. Muz ichidagi Flyuvioglyatsial yotqiziqlar muz osti tonnellarida, o’pqonlarda va muzning erigan qatlamlarida joylashadi. Kesimda g’o’latosh yotqiziqlarining to’plami, shag’allar va mayda shag’allar, turli o’lchamdagi qumlar almashinuvi, tuzilishining turli-tumanligi bilan ajralib turadi.