«SALYUT»

«SALYUT» — yerga yaqin orbitada uchirishga mo’ljallangan sovet orbital stansiyalari nomi; ularni yaratish dasturi. Maksimal massasi 18,9 tonna, bo’lmalarining hajmi 100 metr kub. Yerga qaytarib ko’ndirish mo’ljallanmagan. Kosmonavtlarni yerga tushurish va ekipajni almashtirish «Soyuz» kosmik kemalarida amalga oshiriladi; yonilg’i, jihozlar va boshqa yuklar «Progress» kJ kemalarida tashiladi. 1971-83 yillarda 7 ta «Salyut»uchirilgan.