FAN KOMITETI

FAN KOMITETI, O’zbekiston Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi fan komiteti — 1930-yillarda O’zbekistonda fan shtabi vazifasini bajargan ilmiy tashkilot. 1932 yil oktabrda O’zbekiston MIK huzurida tashkil etilgan. Uning tarkibida geologiya va mineral resurslar guruhi hamda kabineti, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi, energstiklar, agroo’rmonmeliorasiya guruhlari, o’simliklar resurslari guruhi va kabineti, xaritagrafiya bo’limi hamda guruhlar qoshida tuproqshunoslik, gidrologiya va boshqa sektorlar bo’lgan. Fan komiteti zimmasiga zarur laboratoriya va institutlar tashkil etish hamda ularni jihozlash, ilmiy kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. 1934 yil 1 iyundan O’zbekiston XKS ixtiyoriga o’tkazilgan. 1935 yil Fan komiteti tizimida 12 ilmiy tadqiqot muassasasi, 2 kutubxona va jurnal tahririyati bo’lgan. Shu yili tarkibida yangi bo’lim, guruh, laboratoriya va sektorlar tashkil etildi. Ularning faoliyati xalq xo’jaligining ayrim sohalari uchun amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy masalalarni hal etishga qaratildi. Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarni o’rganuvchi bo’limning tashkil toggishi ham Fan komiteti faoliyatida katta rol o’ynadi. 1937 yil Fan komiteti tarkibida tibbiyot va fizikamat., ijtimoiy, texnika fanlari bo’limlari tuzidtsi; bo’lim sifatida nashriyot ham tashkil etildi. Fan komiteti faoliyatida kimyo, fizika, matematika, gidroenergetika, geologiya, adabiyot va til fanlari yetakchi ilmiy yo’nalishga aylandi. Fan komiteti muassasalari O’zbekiston o’simlik va hayvonot dunyosi, tuproq va yer geologiyasi, yer yuzasi va yer osti suvlari energetika resurslarini o’rganish va ulardan foydalanish yo’llari, mineral yoqilgi zaxiralari, neft qatlamlari va boshqalar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Ijtimoiy fan sohalari — O’zbekiston iqtisodiyoti, o’zbek tili va adabiyoti, moddiy madaniyat yodgorliklarini o’rganish va muhofaza qilish bo’yicha tadqiqotlar avjoldi. 1938 yil Fan komiteti ning muassasalarida 83 ilmiy xodim, jumladan, 7 fan doktori va 5 professir ishladi. Fan komitetiga turli davrlarda Otajon Hoshim, T.N.QoriNiyoziy, I.I.Islomov rahbarlik qilgan. Fan komiteti negizida 1940 yil yanvarda SSSR faning O’zbekiston filiali, 1943 yil noyabrda O’zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topdi.