SAYOZLIK

SAYOZLIK — suv havzalari (okean, dengiz, ko’llar) tubining atrofiga nisbatan chuqurligi kamroq bo’lgan qismlari. Dengizlarda transgressiya natijasida yuzaga kelgan Sayozlik quruqlikning suv ostidagi davomi. Okeanlarda ular marjon poliplari yoki vulkanik kelib chiqishga ega. Sayozliklarda qumli oqiziq jinslar oqim ta’sirida o’z shakli va o’rnini o’zgartirib turadi. Quyosh nurlari suv ostigacha yetib borganligidan Sayozlikda organik hayot rivojlanishi uchun sharoit qulay: baliq va suv o’simliklariga boy, biroq kema qatnovi murakkabroq bo’ladi.