SAMARINDA

SAMARINDA — Indoneziyadagi shahar. Sharqiy Kalimantan provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 537 ming kishidan ziyod (1990 yillar oxiri). Kalimantan orolining Sharqiy qismidagi port. Neft va ko’mir qazib olinadi. Chetga kumir, neft, yog’och, kauchuk eksport qilinadi. Yog’ochsozlik korxonalari, kema verfi, universitet bor.