SAMOIY

SAMOIY (Arabch, tinglashga oid), samo — 1) qadimgi doira va nog’ora usullaridan biri. Soqiynoma usulining jonliroq turi; 2) unga bog’liq mumtoz kuy hamda ashula yo’llari («Andijon samosi» va boshqalar). Shashmaqomdagi Dugoh maqomida «Samoiy Dugoh» nomli cholg’u qismi mavjud.