YAKKABOG’

YAKKABOG’ — Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanidagi shahar (1978 yildan), tuman markazi. Viloyat markazi (Qarshi) dan 95 kilometr sharqda. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 22,3 ming kishi (2003). Paxta tozalash, g’isht zavodlari, MTP, to’qimachilik korxonasi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, O’zbekiston — Germaniya «Yakkabog’teks» qo’shma korxonasi bor. 5 umumiy ta’lim maktabi, bolalar musiqa, sport maktablari, litsey-internat, 3 kasb-hunar kolleji, 3 kutubxona, shahar madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bog’i, stadion faoliyat ko’rsatadi. 2 kasalxona, Markaziy va tish davolash poliklinikalari, tug’ruqxona, dorixonalar, paxta tozalash zavodi profilaktoriysi aholiga xizmat ko’rsatadi. Yakkabog’ bilan qo’shni tuman markazlari va Qarshi shahri orasida avtobuslar qatnaydi.