YA’QUB CHARXIY IBN USMON IBN MAHMUD AL-G’AZNAVIY
YA’QUB CHARXIY IBN USMON IBN MAHMUD AL-G’AZNAVIY (taxminan 1363, G’azna yaqinidagi charx qishlog’i — 1447, Chag’oniyon viloyatining Halg’atu qishlog’i) — Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi. 1380 yil Buxoroga kelib, madrasada tahsil oladi va Bahouddin Naqshbandga shogird tushadi. Uning vafotidan so’ng Badaxshonda, keyin esa Chag’oniyonda yashagan. Ya’qub Charxiy tasavvuf, fiqh, Qur’on tafsiri bo’yicha 10 dan ortiq asar yozgan (ulardan 7 tasi bizgacha yetib kelgan). «Risolai qudsiya» («Qudsiy kalimalar haqida risola»), «Risolai abdoliya» («Abdollar haqida risola»), «sharhi asmuolloh» («Alloh ismlarining sharhi»), «Risolai unsiya» («Do’stlik haqida risola»), «kitob ul faroiz» («meros haqida kitob»), «risola dar manoqib va aqoid» («manoqib va aqoid haqida risola»), «Muxtasar dar bayoni silsilai Naqshbandiya» («Naqshbandiya suluki haqida qisqacha risola») shular jumlasidandir. Bu asarlarning aksariyati O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanadi. Ad.: Faxriddi n Ali Safiy.Rashahot, T., 2003; Ma’naviyat yulduzlari, T., 2001; Xoja Ahror Valiyning Markaziy Osiyo tarixi va ma’naviyatida tutgan o’rni (Il- miyamaliy anjuman ma’ruzalari tezis- lari), T., 2004.