XAMIRTURUSH
XAMIRTURUSH — xamirni oshirish uchun ishlatiladigan achitqi. Tarkibida achitqi bakteriyalari bo’lgan Xamirturush qo’shib qorilgan xamir fermentativ jarayonlar ta’sirida ko’pchiydi. Xonadonlarda oshgan xamirdan Xamirturush uchun bir zuvala olib krlinadi va supraga o’rab qo’yiladi, keyingi xamirlarga qo’shiladi. Hozirgi davrda non sanoatining rivojlanishi bilan maxsus achitqi bakteriyalari erdamida sanoat usulida presslangan, suyuq va quritilgan Xamirturush turlari ishlab chiqariladi (bug’doy unidan tayyorlangan navli 100 kilogramm un uchun 1 kilogramm Xamirturush sarflanadi) va savdo do’konlarida sotiladi.