SHOVUN
SHOVUN, shoqul — 1) qurilishda — bino va inshootlarning devori, ustuni va boshqalarning tik (vertikal) vaziyatini taxminan aniqlash uchun mo’ljallangan binokorlik asbobi. Bir uchiga yuk (tosh, metall) bog’langan chilvir (pishiq ip) dan iborat. qadimiy me’morlar shoqul deb ham atashgan; 2) tikuvchilikda — dag’al choklar (mas, qop tikish) uchun ishlatiladigan yo’g’on ip, kanop.