SHODMONOVA MAQSUDA

SHODMONOVA MAQSUDA (1931.25.12, Farg’ona shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1954). 1954 yildan Farg’ona shahridagi 1-maktabda ona tili va adabiyot o’qituvchisi, maktab direktori, o’quv bo’limi mudiri. Viloyatda birinchilardan bo’lib fanlar bo’yicha kabinet usulida dars o’tishni tashkil etdi.