SHOLAPUR

SHOLAPUR — Hindistondagi shahar. Maharashtra shtatida. Delan yassitog’ligining g’arbiy qismida. Aholisi 620 ming kishidan ziyod (1990- yillar o’rtalari). Savdotransport markazi. Ip gazlama va qand sanoatlari rivojlangan. Hunarmandchilikda gazlama to’qiladi, metall, shisha va charmdan turli buyumlar tayyorlanadi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan savdo qilinadi.