SHOHNISHIN

SHOHNISHIN — saroy, mehmonxona, uylarning xos xonalari to’ridagi supali, usti ko’shk sifat bezatilgan maxsus joy. Masalan, Sitorai Mohi Xosa me’moriy majmuasidagi Ahadjon saroyida Shohnishin bo’lgan. Toshkentning eski shaharida Shohnishintepa saqlanib qolgan.