SHPILKA

SHPILKA (nemischa igna) (mashinasozlikda) — ikki uchiga rezba qirqilgan mahkamlash detali. Detallarni bir- biriga biriktirish uchun ishlatiladi. Shpilkaning bir uchi asosiy detalga burab kiritiladi, 2-uchi esa teshik orqali mahkamlanayotgan detalga kiritiladi va unga gayka burab qo’yiladi. Ba’zi hollarda detallar ikkala uchiga ham gaykalar burab qo’yiladigan Shpilka bilan mahkamlanadi.