FARG’ONA TIZMASI

FARG’ONA TIZMASI – Markaziy Tyanshanning g’arbiy qismidagi (Qirg’iziston) tog’tizmasi. Farg’ona vodiysini ichki Tyanshandan ajratib turadi. Shimoli g’arbda Isfanjoylovboyboshota tog’ tugunidan boshlanib, kichik Olay tizmasining sharqida Tuzbel dovonida (3934 m) tugaydi. Uzunligi 225 kilometr, eng keng joyi 90 kilometrdan ziyod. Balandligi 3000 metr. Eng baland joyi 4692 metr. Ko’ndalang profili assimetrik: Janubiyg’arbiy yon bag’ri uzun va qiya, shim.Sharqiy yon bag’ri kalta va tik. G’arbiy yon bafida O’zgan va Kuchari soyliklari, Sharqiy yon bag’rida Ko’kiyrim, arpa soyliklari bor. Farg’ona tizmasidan Qoradaryo, Yassi, Kuchari, Qoraungur, Qoraqulja, Olabuqa va boshqa daryolar oqib tushadi. Tektonik jihatdan Farg’ona tizmasi gersin burmalanishi bosqichida shakllangan antiklinoriydir. Slanes, konglomerat, qumtosh, ohaktosh, metamorfik va cho’kindi hamda gabbro, diabaz kabi otqindi tog’jinslaridan tashkil topgan. Janubiy g’arbiy yon bag’rining quyi qismlarida mezokaynozoy davri otqindi tog’ jinslari keng tarqalgan. Iqlimi shimoliy sharqiy qismida keskin kontinental, yog’in miqdori kam, Janubiy g’arbiy yon bag’rida esa mo’tadil, yog’in miqdori mo’l (700-1000 millimetr). Farg’ona tizmasida, asosan, Janubiy Sharqiy qismida muzlik ko’p (soni 156 ta, maydoni 125 kilometr kvadrat). Farg’ona tizmasida bo’z, dasht, jigarrang, tog’o’rmon, qo’ng’ir, tog’o’tloq, subalp va Alp tuproqlar tarqalgan. Tizmaning Janubiy yon bag’rilarida mevali o’rmonlar (yer yong’oq, yovvoyi olma, nok, g’aynoli, pista va boshqalar), igna bargli daraxtlar, archazorlar, butalardan zirk, na’matak, baland qismlarida subalp va Alp o’tloqlari mavjud. Yovvoyi hayvonlardan qizil bo’ri, tulki, Bars, tog’echkisi va qo’yi, turli qushlar, sudralib yuruvchilar uchraydi. Farg’ona tizmasining Janubiy g’arbiy yon bag’rida ko’mir, tog’oldi qismida neftgaz konlari ochilgan. Murod Mamatqulov.