Taom tayyorlash qay tariqa boshlangan?
Nima uchun siz mevalar va aksariyat sabzavotlarni pishirmasdan yetarligicha tanavvul eta olasiz-u, ayni paytda go’sht va baliq etini pishirishingiz zarur bo’ladi? Bizning ko’pchiligimiz uchun, albatta, pishirilgan go’sht va baliq eti xomligiga qaraganda shunchaki totlidir. Ammo boshqa bir, hattoki yanada muhimroq sabab ham bor-da: biz go’sht va baliq etining muayyan turlarini yetarlicha pishirib olmaganimizda baliqlar va hayvonlar tanasida yashaydigan organizmlar tanamizga tushishi va kasallik keltirib chiqarishi ham mumkin va muqarrar. Bunga eng mashhur misollardan biri — «trixinellez» bo’lib, odamzot yetarlicha pishirilmagan, ustiga-ustak to’ngiz go’shti yoki to’ng’iz mahsulotlaridan xomlay iste’mol qilsa, bu xastalikni orttirishi mumkin. Parazitlar keltirib chiqaradigan soliter va boshqa yuqumli kasalliklar baliqning ba’zi bir navlarini obdon pishirmaslik oqibatida kelib chiqadi. Albatta, ibtidoiy odamning tanlab olish imkoniyati bo’lmagan: bunday odam taomini xomlay yeyishga majbur edi, chunki uning taom tayyorlashga imkoniyat va sharoiti bo’lmagan. Odamzot alaloqibat olov yoqish yo’lini topganidan keyin u olovdan isinib olishda va yirtqich hayvonlarni qo’rqitishda foydalana boshladi. Inson taom pishirish yo’lini tasodifan topganligi ham ehtimoldan xoli emas. Ehtimol, u o’ldirgan ayrim hayvonlar yonib turgan ko’mir yaqiniga tashlab qo’yilgan bo’lishi mumkin. Odamzot go’sht qizarganini ko’radi va tabiiyki, go’sht xushbo’y taratganini payqaydi. Tatib ko’radi va xomidan ko’ra ko’proq yoddanini tushunadi. O’sha palladan u pishirilgan go’sht iste’mol qilishga o’tgan bo’lishi mumkin. O’sha kezlarda idish-tovoqlar bo’lmagan, shu bois ibtidoiy odam yalang olov tevaragiga terilgan toshlar ustida taom tayyorlagan. Fig’oni chiqib turgan ko’mir solingan o’raga terilgan toshlar dastlabki o’choq edi. Tez orada u taom tayyorlash uchun o’choqlarni tutun chiqadigan tuynuk qoldirib, uni qaynoq saqlash uchun yopiladigan old teshiklar yasagan holda yer sirtida qura boshlaydi. Odamzot katta teri bilan qoplangan o’rada taomni qanday tayyorlashni bilib oldi. U suvga to’lg’azilar va cho’g’ bo’p ketgan toshlar bilan qaynaguniga qadar qizdirilar edi. Va nihoyat, odamzot ilk odmi qozonni yasashni o’rganib oldi. Buning uchun esa qamish savatni loy bilan suvadi. Olov ustida osiladigan bu qozonlarda suvash va uning qotishiga yo’l qo’yib berish kerak edi. Olov ustida osiladigan bu qozonlarda suvda va uningsiz ham taom tayyorlash mumkin edi. Shu tariqa, ibtidoiy odam taom tayyorlashning ikki: quruq yuqori haroratda qovurib olish yoki dimlash, bug’da qaynatish yoxud pishirish usulini ixtiro qildi.