VEDDOID IRQI

VEDDOID IRQI — katta ekvatorial (negr-avstraloid) irqiga mansub irqlardan biri. Veddoid irqiga sochning to’lqinsimon bo’lishi, yuz va badandagi tukning (avstraloid irqqa nisbatan) ozligi xosdir. Markaziy va Sharqiy Hindistonda (veddlar, shuningdek biharlar, bxillarning ayrim guruhlari va boshqalar), Hindixitoy mamlakatlari (senoilar va boshqalar) va Indoneziyada (toala va boshqalar) tarqalgan.