Alp va subalp o`tloqlari

Alp va subalp otloqlari – ormonlar mintaqasidan yuqorida va doimiy qor va muzliklardan pastda bolgan baland tog otloqlari: toglar joylashgan geografik kenglik, iqlim va yonbagir ekspozitsiyasiga qarab alp va subalp otloqlari turlicha balandlikda: Alp toglarida, Kavkazning garbiy qismida 1700-3000 metr, Himolay toglarining janubiy yonbagrida 3200-5000 metr balandlikda boladi. Iqlimning nihoyatda sovuq bolishi, qorning qalin bolib, uzoq vaqt (6-10 oy) yotishi oqibatida alp va subalp otloqlari osimliklari xilma-xil kop yillik otlar va pakana butalardan (rododendron va b.) iborat. Kopgina osimliklar rang-barang yirik gullar ochadi. Alp va subalp otloqlari mintaqasining togormonlari yaqinidagi quyi qismida subalp otloqlari uchraydi. Namgarchilik serob va iqlim bir oz iliq bolganidan bu yerlarda boyi 1,5-2,5 metr xilma-xil otlar qalin osadi, subalp otloqlaridan yuqorida iqlim ota sovuq bolganidan otlar pakana bolib, alp otloqlarini hosil qiladi. Hayvonlar kam. Aksari tik qoyalardan yura oladigan hayvonlar (tur, serna, kiyik, tog qoyi) yoki uzoq uyquga kiradigan hayvonlar (yumronqoziq, pishchuxa va boshqa kemiruvchilar); qushlardan – tog kurkasi, kaklik yashaydi. Alp va subalp o`tloqlaridan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.