SOLIQLAR KLASSIFIKATSIYASI

SOLIQLAR KLASSIFIKATSIYASI – soliqlarning undirilish uslubi, qo’llaniladigan stavkalarning xarakteri, soliq imtiyozlari, soliqqa tortish manbai va obyekti kabibelgilar bo’yicha guruhlarga ajratilishi (bo’linishi). Belgilanish uslubiga ko’ra soliqlar to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarga bo’linadi. Daromad solig’i, foyda solig’i, resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i kabilar to’g’ri (bevosita) soliqlardir. Egri (bilvosita) soliqlar xo’jalik aktlari va aylanmalari, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan vujudga keladi. Qo’shilgan qiymat solig’i, boj to’lovlari, aksizlar, qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar ana shular jumlasidandir. Soliqqa tortish manbalari bo’yicha ham soliqlar guruhlanadi: ishlab chiqarish xarajatlarining (tannarx) ning tarkibiga kiruvchi, foyda (daromad) dan olinuvchi va boshqa soliqlar. Soliqqa tortish obyektlari bo’yicha soliqlar klassifikatsiya qilinganda ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: mulk soliqlari, resurs soliqlari (er solig’i ham shu guruhga kiradi), daromad yoki foyda solig’i, harakat soliqlari (xo’jalik aktlari, moliyaviy operatsiyalar, realizatsiya bo’yicha aylanmalar, bazi bir qolgan soliqlar va bir martalik yig’imlardan iborat bo’Igan soliqlar.