Nikel rudalari
Nikel rudalari – tarkibida nikel bo`lgan mineral birikmalar. Odatda tarkibida 1-2% nikel bo`lgan nikel ruda konlari qazib olinadi. Nikel havoda oksidlanmaydi va yaxshi silliqlanadi, shuning uchun ham metall buyumlar nikellanadi. Nikel qo`shilsa po`lat juda elastik bo`ladi. Sof nikel kimyo sanoati va mashinasozlikda (apparatlar tayyorlashda) ishlatiladi. Nikel rudasi konlari: Kola yarim oroli, Sharqiy Sibir, Ural, Qozog`oston, Kanada, Yangi Kaledoniya, Kuba, Braziliya.