Qutblar, geografik qutblar
Qutblar, geografik qutblar – Yer aylanish o`qi yer yuzasi bilan kesishgan nuqtalar. Yer sharidagi barcha meridianlar qutblarda birlashadi. Qutb yulduziga qaragan qutblar Shimoliy, teskari tomondagisi Janubiy qutb deyiladi. Shimoliy qutb Shimoliy Muz okeani o`rtasida, Janubiy qutb Antarktidaning Tinch okeanga yaqin qismida.