QISHLOQ XO’JALIGI

QISHLOQ XO’JALIGI — moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini ko’paytirish bilan shug’ullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xo’jaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan ta‘minlaydi. Qishloq xo’jalik o’simlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham o’z ichiga oladi. Qishloq xo’jalik – inson xo’jalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xo’jalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, ba‘zi hayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar ta‘sirila dehqonchilik tizimi o’zgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, ko’plab zotlari yetishtirilgan.