Sulola

Sulola-hukmdor, podshoh; musulmon hukmdorlarining unvoni. Arabcha so’z bo’lib hukmdor, hokim degan ma’noni anglatadi. VIII asr oxirida Bog’dod xalifasi Xarun ar-Rashid saroyda davlatning barcha ishlarini boshqaruvchi bo’lgan do’sti Kozim ibn Yah’yoni, unga bo’lgan katta hurmat va ishonch belgisi sifatida sulton degan yangi unvon bilan mukofotlaydi. X asrdan boshlab islom mamlakatlarida hukmdor sulton deb atala boshlangan. XI asrda saljuqiylardan boshlab sulton unvoni mustaqil sulola hukmdorlariga berilgan. Bu unvonni birinchi bo’lib, 1051 yili saljuqiylardan Gugrulbek xalifa Qoyimdan olgan. Sulton unvonining keyingi davrlarda ulug’lanishi saljuqiylar sultoni Sulton Sanjar nomi bilan bog’liq. Jumladan, bu davrda sulton unvoni viloyat hokimi, qabila yoki urug’ boshlig’i martabasiga aylanadi. Saljuqiylar sultoni o’zi keyingi taxtga o’tiradigan jiyaniga ham sulton nomini beradi. Mana shu an’ana keyinchalik hokimlar orasida keng tarqalgan. XV asrga kelib, Shayboniyxonning yaqin qarindoshlari ham sulton deb ataladigan bo’lgan.