Barshchina, Boyarshchina

Barshchina, Boyarshchina (ruscha barin (boyar)ga tekinga ishlab berish)-o’rta asrlarda Rossiyada yer rentasi shakli, yirik yer egasiga qaram krepostnoy dehqonning o’z mehnat qurollari bilan yer egasi xo’jaligida haq olmay bajaradigan majburiy mehnati. G’arbiy Yevropada Barshchina VIII-IX asrlardan tarqalgan. XII-XIII asrlardan obroklar tomonidn siqib chiqarilgan va XIV-XV asrlarga kelib yo’q bo’lib ketgan. Sharq mamlakatlarida Barshchina keng tarqalmagan. Rus Kiyev Rusi davlati paytida paydo bo’lgan. Rossiyaning Yevropa qismida XVI asr 2-yarmi-XIX asr 1-yarmida keng tarqalgan. Yuridik jihatdan rasman 1882 yili bekor qilingan bo’lsa-da, keyinchalik ham davom etgan.