Xo’janov Sultonbek Xo’janovich

Xo’janov Sultonbek Xo’janovich (1894, hozirgi Janubiy Qozog’iston viloyatining Turkiston tumanidagi Aksumbe ovuli — 1938.10.2) — davlat va jamoat arbobi. Toshkentda qozoq tilida nashr etilgan «birlik tug’i» gazetaning muharriri (1917). Sirdaryo viloyati inqilobiy qo’mitasi raisi (1920), Turkiston ASSR ichki ishlar (1920-21), maorif (1921-22), yer ishlari (1923-24) xalq komissari, Turkiston ASSR MIK raisi o’rinbosari (1924). RKP(b) Qozog’iston o’lka komiteta kotibi va Markaz VKP(b) MKda milliy respublikalar va viloyatlar bo’yicha mas’ul xodim (1925). Xo’janov milliy masalada «og’machilik»ka yo’l qo’ygan deb ayblangan va unga «xo’janovchilik» tamg’asi bosilgan. Xo’janov keyinchalik Toshkentda VKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi tashviqot-targ’ibot bo’limida ishladi (1928-29), O’rta Osiyo paxtachilik-irrigasiya politexnika instituti birinchi rektori (1929-31), «O’rta Osiyo paxtachilik markazi» boshqarmasi raisi (1931-32); Moskvada «soyuzxlopok» boshqarmasi raisining o’rinbosari (193233), SSSR Ishchidehqon nazorati xalq komissarligida paxtachilik bo’limi boshlig’ining o’rinbosari (1933-34); SSSR yer ishlari xalq komissarligining O’rta Osiyodagi (Toshkent) vakolatxonasi raisi (1934), O’zbekiston paxtachilik tresti direktorining o’rinbosari (1934). Xo’janov matbuot, maorif va madaniyat, tarix va adabiyot masalalari bilan ham faol shug’ullangan. U «aksilinqilobiy qozoq millatchilik tashkiloti»ning rahbarlaridan biri sifatida ayblanib, 1937 yil 16 iyunda qamoqqa olingan va otishga hukm qilingan (1938 yil 8 Fevral). 1957 yilda oqlangan.