Veche

Veche — qadimgi va o’rta asr rus davlatidagi Xalq majlisi (10-14-asrlar). Unda muhim jamoat ishlari muhokama etilgan va hal qilingan. 11-12-asr 2-yarmida rus shaharlarida Knyaz hokimiyati susayishi munosabati bilan Vechening faoliyati kuchaygan. Veche urush va tinchlik masalalarini hal etgan, knyazlarni chaqirtirgan va haydagan, qonunlar qabul qilgan, boshqa mamlakatlar bilan bitimlar tuzgan va boshqalar. Novgorod, Pskov va Vyatka yerida 15- asr oxiri — 16-asr boshlarigacha saqlanib qolgan.