Vavilov Nikolay Ivanovich
Vavilov Nikolay Ivanovich (1887. 25. 11, Moskva—1943. 26.1, Saratov) — biolog, genetik, geograf, jamoat arbobi, akademik (1929), Ukraina Fanlar Akademiyasi akademik (1929), Vasxnil prezidenti (1929— 35) S. I. Vavilovning akasi. V. Saratov universiteti professor (1917). 1921 yildan Petrograddagi Amaliy botanika va selektsiya bo’limi mudiri, 1930 yildan 1940 yilning avgustigacha Butunittifoq o’simlikshunoslik instituti direktori. Vavilov selektsiyaning hozirgi zamon biologik asoslari to’g’risidagi ta’limotni, madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazlari, ularning Geografik tarqalishi to’g’risidagi ta’limotni yaratdi, o’simliklarning yuqumli kasalliklarga immuniteta to’g’risidagi ta’limotni asosladi. Bir-biriga yaqin turlar, turkumlar va hatto oilalarda irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonunini ifodalab berdi. Vavilov Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy Markaziy va Janubiy Amerikadagi 60 ga yaqin mamlakatlar o’simlik resurslarini o’rgandi, ko’pgina ilmiy ekspeditsiyalarga rahbarlik qildi va O’rta Osiyo o’simlik olamini batafsil tadqiq etdi. O’zbekistonda Vavilov tashabbusi bilan sobiq Ittifoq o’simlikshunoslik instituti (VIR) ning O’rta Osiyo tajriba stansiyasi (1924; hozirgi O’zbekiston o’simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti) ochilgan. T. D. Lisenkoning g’ayriilmiy ta’limotiga qarshi kurashda genetikani mardonavor himoya qilgan. Vavilov ilmiy asarlari (350 ortiq) jahon biol. fani xazinasiga katta hissa bo’lib qo’shiddi. Ko’pchilik mamlakatlar, jumladan, Angliya, Hindiston, Argentina akademiyalarining faxriy a’zosi bo’lgan. 1940 yil avgustda qamoqqa olinib qatag’on qilingan. As: Izb. Trudi, t. 1-5, M.-L., 1959-65; Izb. proizvedeniya, t. 1-2, L., 1967. Ad.: Voyko V. V., VI Lenskiy E. R., Ni- kolay Ivanovich Vavilov (stranisi jizni i deyatelnosti), M., 1987.