Uchqo’rg’on gidrouzeli

Uchqo’rg’on gidrouzeli – Norin daryosi quyi oqimida, Qirg’iziston Respublikasida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti; Kamma Namangan kapali va Chapqirg’oq Uchqo’rg’on kanallariga suv olishni ta’minlaydi, elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Gidrouzel to’g’oni 1964-66 yillarda hozirgi ko’rinishda qurib bitkazilgan. Ombordagi suv bosimi 35,7 metrdan 18,5 metrgacha o’zgarib turadi. To’g’on jami 3300 m3/s gacha, shu jumladan, GES turbinasi orqali 760 m3/s suv o’tkazish qobiliyatiga ega. To’g’onning umumiy uzunligi 100 metr, balandligi 56 metr. Uchqo’rg’on gidrouzeli tarkibiga suv tushirgichli beton to’g’on, chap qirg’oq tuproq to’g’on, katta Namangan va Chapqirg’oq, Uchqo’rg’on kanallarining bosh suv olish rostlagichlari, GES binosi va ochiq suv taqsimlash qurilmalari kiradi. GES o’zanli tipga mansub bo’lib, uning binosi to’g’onning chap qirg’og’ida joylashgan ikki agregatli blokdan iborat. Turbinalarga suv to’g’on tanasining yuqori qismida joylashgan suv olgichlar vositasida uzatiladi, ulardan pastroqda umumiy suv sarfi 2320 m3/s bo’lgan 8 ta tubidan suv tashlagichlar qurilgan. Suv olgich va tubidan suv tashlagichlarni bunday holatda qo’llash turbinalarga turli oqiziqlarning tushishiga yo’l qo’ymaydi.