Usmon Azim

Usmon Azim (taxallusi; asl ism-sharifi Azimov Usmon) (1950.13.8, Boysun tumani) — O’zbekiston xalq shoiri (2000), dramaturg. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Respublika radiosida muharrir, katta muharrir va bosh muharrir o’rinbosari (1976-89), O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat bo’limida mas’ul kotib (1989— 90). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant, Prezidentning Davlat maslahatchisi (1991 -94). 2003 yildan O’zbek milliy akademik drama teatrida adabiy emakdosh. Ilk kitobi — «insonni tushunish» (1979). Shundan so’ng shoirning «holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko’zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dare» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «Faroyib ajdarho» (1990), «Uyg’onish azobi» (1991), «Fycca» (1994), «Uzun tun» (1994), «bor ekanda, yo’q ekan» (1995), «Saylanma» (1995), «kuz» (2001) kabi she’riy va «jodu» (2003) nasriy to’plamlari nashr etilgan. Usmon Azim o’zbek she’riyatining ufqini kengaytirib, nasriy she’rlardan barmoq vaznigacha bo’lgan turli vaznlarda ijod qiladi. Dastlabki she’rlarida insonning davr va jamiyat hayotidagi o’rnini tushunishga, davrning og’riqli masalalariga e’tibor qaratdi va shu jarayonda minbar she’riyati unsurlaridan foydalandi. Keyinchalik, shoir ijodida voqelikni falsafiy-istioraviy obrazlar orqali idrok va tasvir etish mahorati kuchayib bordi. 80-yillar ijodida ko’zga tashlangan Baxshiyona ruh she’riyatda yangi bir yo’nalish yaratilishiga turtki bo’ldi. 90-yillarga kelib, uning ijodida keskin o’zgarish yuz berdi va she’rlarida Sufiyona kayfiyat aks etdi. Usmon Azim «Baxtli bo’laylik», «hujjatli film uchun syujet», «Bahodir va Malika» singari radiopyesalar yozgan. U ana shu tajribadan foydalanib, 90-yillarda dramaturgiya bilan jiddiy shug’ullandi va «bir qadam yo’l», «Kunduzsiz kechalar», «bozor» (1997), «Alpomishning qaytishi» (1998), «jazava» (2000), «vaxt qushi» (2002), «o’tgan zamon hangomalari» (2003) pyesalarini ezdi. Bu pyesalarning aksari O’zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. Usmon Azim bu pyesalarda sahna qonuniyatlarini yaxshi his etuvchi, dramaturg sifatida namoyon bo’ldi. Ayni paytda u ham tarixiy, ham psixologik dramalar, ham og’zaki va yozma adabiyot namunalari asosida zamonaviy sahna asarlarini yarata olish iste’dodini namoyish etdi. Usmon Azim, shuningdek, kinodramaturgiyada ham qalam tebratib, «Alisher Navoiy» kinoqissasi (1990), «Alpomish» kinodostoni (1997), «sevgi» (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali «Alpomish» (2000) filmlarining stsenariysiga mualliflik qilgan. Pol Elyuar, V. Vasietis, H. Dog’larja, A. Voznesenskiy, Yu. Marsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. She’rlari ingliz, frantsuz, nemis, polyak, makedon, turk, rus, gruzin, eston, litva, tojik, qozoq va kirgiz tillarida nashr etilgan. Ko’plab she’rlariga musiqa bastalangan. Usmon Azim xalqlar do’stligi va vatanparvarlik g’oyalari bilan yo’g’rilgan she’rlari uchun Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan (1982). «Do’stlik» ordeni (1998) bilan mukofotlangan.