Leningrad jangi
Leningrad jangi (1941 10 7 -1944.9.8) — 2-jahon urushi davridagi jang. 1941 yilning iyul-sentabrda kuch jihatdan ustunlikka ega bo’lgan nemis fashist qo’shinlarining «Shimol» armiya guruhi, sovet qo’shinlari qarshiligini engib, Leningrad shahri atrofiga va Ladoga ko’li sohiliga chiqishgan hamda bu bilan shaharni mamlakat ichkarisidan ajratib qo’yishgan. 900 kunlik qamal paytida Leningrad fronti qo’shinlari Boltiq dengizi floti kuchlari va Ladoga harbiy flotiliyasi dushmanning barcha hujumlarini qaytarishdi. Leningrad xalqi vahshiylarcha bomba tashlashlar, ocharchilik va sovuq havoga qaramay, frontga yordam bergan. Shaharni va qo’shinni ta’minlash «hayot yo’li» (Lado- ga ko’li) orqali amalga oshirilgan. 1943 yil yanvarda Ladoga ko’lining Janubiy qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan qismi qamaldan bo’shatilgan. 1944 yilning martida nemis fashist qo’shinlari Leningraddan 220-280 kilometr nariga uloqtirib tashlangan. 1944 yil iyun-avgust oylarida Viborg va Svir-Petrozavodsk operasiyalari vaqtida fin qo’shinlari tor-mor keltirilgan va bu bilan Leningradga shimoldan bo’lajak xavf bartaraf qilingan.